Kengaytirilgan qidiruv

Tа'lim


Ta'lim O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e'lon qilinadi.

Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:

  • ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik harakterda ekanligi;
  • ta'limning uzluksizligi va izchilligi;
  • umumiy o’rta, shuningdek o’rta mahsus, kasb-hunar ta'limining majburiyligi;
  • o’rta mahsus, kasb-hunar ta'limi yo’nalishini: akademik litseida eki kasb-hunar kollejida o’qishni tanlashning ehtieriyligi;
  • ta'lim tizimining duneviy harakterda ekanligi;
  • davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi;
  • ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
  • bilimli bo’lishni va iste'dodni rag’batlantirish;
  • ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uig’unlashtirish.

Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e'tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, hizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joiy, O’zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashaetganligidan qat'i nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi.

Bilim olish huquqi:

  • davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini rivojlantirish;
  • ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta'lim olishni tashkil etish;
  • ta'lim va kadrlar taierlash davlat dasturlari asosida bepul o’qitish, shuningdek ta'lim muassasalarida shartnoma asosida to’lov evaziga kasb-hunar o’rgatish;
  • barcha turdagi ta'lim muassasalarining bitiruvchilari keiyngi bosqichdagi o’quv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo’lishi;
  • oilada yoki o’zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditatsiyadan o’tgan ta'lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o’tish huquqini berish orqali ta'minlanadi.

Boshqa davlatlarning fuqarolari O’zbekiston Respublikasida halqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega.

Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo’lmagan shahslar bilim olishda O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega. 

«Tа’lim to‘g‘risidа» O‘zbekiston Respublikаsining qonuni

Qo'shimcha ma'lumotlar manbai: